Özbekiston çempionatining 1-turidan örin olgan uçraşuvlar yakuniga yetdi. PFL matbuot xizmati uçraşuvlarni tomoşa qiliş uçun stadionga taşrif buyurgan muxlislar sonini e'lon qildi.
Manbaga köra, eng köp tomoşabin Namanganda «Navbahor» iştirokidagi öyinda kuzatilgan (12311 tomoşabin). Eng yomon körsatkiç esa qariyb 35 ming muxlisni siğdira oladigan «Bunyodkor» stadionida qayd qilingan. «Suğdiyona»ga qarşi uçraşuvni tribunadan 509 nafar odam kuzatib borgan.
Jami bölib sakkizta uçraşuvga 44 918 nafar tomoşabin kelgan. Bu örtaça bitta öyinga 5 615 nafar muxlisni taşkil qiladi.
1-tur öyinlariga taşrif buyurgan muxlislar soni
«Metallurg» – «Dinamo» (0:2, 1 029 tomoşabin)
«Maş'al» – «Lokomotiv» (0:1, 2 024)
«Paxtakor» – «Qizilqum» (3:1, 4 153)
«Buxoro» – «Olmaliq» (1:0, 12 200)
«Qöqon-1912» – «Nasaf» (1:2, 8 135)
«Şörtan» – «Neftçi» (1:0, 4 557)
«Navbahor» – «Obod» (2:1, 12 311)
«Bunyodkor» – «Söğdiyona» (1:0, 509).
Eslatib ötamiz, oldinroq «Paxtakor» va «Qizilqum» jamoalari uçraşuviga talabalar majburan olib kirilişi haqida xabarlar tarqalgandi.












