Yaponiyaning Tokyo Rope MFG Co. Ltd kompaniyasi Qirğizistonda yuqori malakali muhandis va konçilarni öqitiş bilan şuğullanmoqçi. Öqişni yakunlaganlar keyinçalik kompaniyaning xalqaro loyihalarida işlaydilar. Bu haqda kompaniya rahbari Şigeto Tanakining Qirğiziston boş vaziri Sooronbay Jeenbekov bilan uçraşuvi natijalariga köra ma'lum qilingan.
Uçraşuv vaqtida Jeenbekov Qirğiziston vazirlar mahkamasi Yaponiyadan töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qilişdan manfaatdorligini va ikki davlat örtasida iqtisodiy hamkorlikni faollaştirişni qöllab-quvvatlaşini aytgan. Boş vazirning aytişiça, Qirğizistonda xorijiy kapitalga ega biznesni yuritiş uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Tanakaning aytişiça, hamkorlikning boşlanğiç bosqiçida kompaniya mutaxassislarni öqitmoqçi. Bundan taşqari, Tokyo Rope Qirğizistonda quriliş kompaniyasi oçmoqçi va metall buyumlar işlab çiqaruvçi zavod qurmoqçi.
Kompaniya va Qirğizistonning iqtisodiyot vazirligi huzuridagi investitsiyalar va eksportni ilgari suriş davlat agentligi özaro hamfikrlik memorandumini imzolaşgan.
Avvalroq mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev Tanakani va Mitsui & Co. Steel Ltd kompaniyasi vitse-prezidentini qabul qilgan. Uçraşuvda yaponiyaliklar Qirğizistonda pölat arqon işlab çiqaruvçi zavod qurişlarini va infratuzilma obektlarini toşlar tuşişi, köçki va sellardan himoyalovçi tizimlar işlab çiqarişni yölga qöyişlarini ma'lum qilişgan.












