Yaponiya taşqi işlar vaziri Fumio Kisida 6 mart kuni AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson va Janubiy Koreya taşqi işlar va savdo vaziri Yun Byon Se bilan uç tomonlama telefon muloqoti ötkazdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, tomonlar 6 mart kuni Şimoliy Koreya tomonidan amalga oşirilgan raketa sinovlarini muhokama qilişgan. Ayni vaqtda bu haqda boşqa ma'lumot keltirilmagan.
Şimoliy Koreya 6 mart ertalab ğarbiy sohillaridan Yapon dengizi tomon 4 ta raketa uçirgan. Yaponiya hukumati ma'lumotlariga köra, raketalar 1000 km ga yaqin masofani uçib ötgan va ulardan uçtasi Yaponiyaning dengizdagi iqtisodiy hududiga tuşgan. Tokio Pxenyanning bu harakatlaridan keskin norozilik bildirib, diplomatik kanallar orqali Şimoliy Koreyaga norozilik notasi jönatgan.












