Fransiya aeroportlarida 300ga yaqin reys bekor qilinmoqda.
The Local xabariga köra, bunday holatning yuzaga kelişiga aviadispetçerlar noroziliklari sabab bölmoqda .
Qayd etilişiça, noroziliklar tufayli mamlakat aeroportlariga qönadigan va uçadigan reyslarning taxminan 4 foizi amalga oşirilmaydi. Yuzaga kelgan vaziyatdan, ayniqsa, Fransiyaning janubi va ğarbi zarar körişi mumkin.
Aviadispetçerlarning norozilik namoyişi Brest, Bordo va Eks-an-Provans şaharlari aeroportlarida bölib ötmoqda. Havo yöllari kompaniyalari xodimlari mehnat şaroitlarini yaxşilaş va iş haqini oşirişni talab qilişmoqda.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning noyabr oyida Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi işçilarining iş taşlaşi oqibatida 870dan ortiq reyslarni bekor qilgan edi.











