Iroq armiyasining ilğor bölinmalari Mösulni IŞIDdan ozod etiş amaliyoti davomida şahardagi hokimiyat binosini egalladi. Al Sumaria telekanali xabariga köra, mamlakat boş vaziri Haydar al-Obodiy şaharga kelgan. Bu boş vazirning uşbu şaharga 2014 yildan buyon, ya'ni şahar jangarilar qöliga ötganidan buyon ilk taşrifidir.
Şuningdek, iroqlik harbiylar Naynava viloyati hokimiyat binosi hamda Al-Xuriya köprigi ustidan nazorat örnatgan.
Harbiylar Iroq markaziy banki binosini qölga kiritgan, jangarilar bu binodan ötgan 2 yil davomida sud majlislari ötkaziş uçun foydalanib kelayotgandi.
Mösulni IŞIDdan ozod etiş uçun keng kölamli harbiy amaliyot 2016 yilning oktabrida boşlangandi. Hukumat qöşinlari 2017 yilning 18 yanvarida şaharning şarqiy qismini egalladi. Mösulning ğarbiy qismini ozod etiş böyiça navbatdagi yuriş 19 fevral kuni boşlangandi, oy oxirida şaharni taşqi dunyo bilan boğlab turgan oxirgi yöl Iroq armiyasi nazoratiga ötdi va IŞID şahardan jangarilari hamda harbiy texnikasin olib ketiş imkonidan mahrum böldi.
Şu kunning özida taşkilot rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy mağlubiyatni tan oldi.












