Amerika Qöşma Ştatlari Janubiy Koreyada raketalarga qarşi mudofaa tizimlarining ilğor THAAD komplekslarini joylaştiradi. Bu Koreya respublikasining KXDR ballistik raketalaridan himoyalaniş qobiliyatini mustahkamlaydi. Oq uy rasmiy vakili Şon Spayser şunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Uning sözlariga köra, KXDR tomonidan 4ta ballistik raketalarning uçirilişi fitnali harakat hisoblanadi va AQŞ ittifoqçilari bilan birga uşbu tahdidga qarşi çiqadi.
«Tramp ma'muriyati Şimoliy Koreyaning ballistik raketalaridan himoyalaniş böyiça qobiliyatimizni oşirişga qaratilgan harakatlarni amalga oşiradi. Janubiy Koreyada THAAD batareyasini joylaştiriş şulardan biridir», — degan Spayser.
Janubiy Koreya prezidenti v.b. Xvan Gyo An, KXDR 4ta ballistik raketa uçirganidan söng, AQŞga murojaat qilib, zudlik bilan yarim orolda RQM tizimlarini joylaştirişni söragan edi.












