Prezident Mişel Aun Hizbullohni himoya qilganidan söng Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz As-Saud mart oyida Livanga rejalaştirilgan taşrifini bekor qildi. Bu haqida GulfNews'da xabar berildi. 

Manbaga köra, Saudiya rahbari mart oyi oxirida yordam qölini çöziş hamda xalqaro majburiyatlarini ado etiş maqsadida Livanga borişni rejalaştirgan edi. 

2017 yilning 10 yanvarida Ar-Riyodda Aun bilan uçraşgan qirol Salmon ikki mamlakat örtasidagi tanglikni bartaraf etişga umid qilgandi. 

Gap şundaki, ötgan oyda Misr telekanallaridan biriga intervyu bergan prezident Aun Hizbullohni himoya qilgan va uni "Livan muhofazasi uçun muhim ahamiyatga ega taşkilot" sifatida e'tirof etgan. 

Uning uşbu bayonoti Livan jamoatçiligi va arab dunyosida keng muhokama va munozaraga sabab böldi.