AQŞning Missisipi ştatida yuk poyezdining avtobus bilan töqnaşişi oqibatida 4 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy politsiya boşliği Jon Millerga iqtibos keltirgan holda WLOX naşri xabar bermoqda.
Millerning ma'lum qilişiça, voqea AQŞ vaqti bilan 7 mart soat 14:15da Biloksi şahridagi temiyr yöl pereyezdida yuz bergan.
Uning ta'kidlaşiça, avtobus Texas ştatidagi Ostin şahridan kelayotgan bölgan, uning içida aksariyatini keksa yoşlilar taşkil qilgan 50 yölovçi bölgan.
Guvohlarning aytişiça, avtobus temir yöl relslaridan ötiş vaqtida töxtab qolgan. Biroq Miller buni tasdiqlamagan. Poyezd avtobus bilan töqnaşgandan keyin uni yana bir neça metrga surib borgan. Avtohalokat sabablari hozirça noma'lum.
Öt öçiruvçilar avtobusning içidagi odamlarni oynalardan çiqarib olişlariga töğri kelgan. Yana 35 kişi jarohat olgan va ular şifoxonalarga yetkazilganlar.
Yuk poyezdi 27 ta yuklangan va 25 ta böş vagondan iborat bölgan, u Yangi Orlean şahridan Alabama ştatiga kelayotgan bölgan.
















