Xitoy hozirda yangi avlod fazo kemasini işlab çiqarmoqda. U Oyga 4 kişini yetkaza oladi, deya bayonot bergan Xitoy fazo kemalari dasturi boş konstruktori Çjan Baynan.
Uning sözlariga köra, "Xitoy köp marta foydalaniş mumkin bölgan fazo kemasini işlab çiqariş ustida iş olib bormoqda".
"Xorijdagi yangi avlod köp martalik fazo kemalari Yer yaqinidagi orbitaga köpi bilan 6 nafar fazogirni olib çiqa oladi. Oyga qöniş uçun bu raqam 3-4 kişini taşkil etadi. Bizning rejalarga köra, şu darajaga yetiş yoki undan ötiş kerak", — degan Çjan Baynan "Ketszi jibao" gazetasiga bergan intervyusida.
Xitoyning Oyga qöniş dasturi uç bosqiçdan iboratdir. Bunda Yerning yagona tabiiy yöldoşi atrofini aylaniş ("Çan'e-1" va "Çan'e-2"), Oyga qöniş ("Çan'e-3" va "Çan'e-4") hamda Oydan Yerga qaytiş ("Çan'e-5" va "Çan'e-6")dan iborat.
Bundan avvalroq, uşbu dastur rahbari örinbosari Çjan Yuylin Xitoy 2036 yilgaça Oyga öz fazogirlarini yuborişni rejalaştirayotgani haqida söz yuritgan edi.












