Misrlik taniqli arxeolog Zahiy Havass Messi bilan Qohiradagi xayriya tadbiri doirasida uçraşgani haqida gapirib berdi.
«Barselona» hujumçisi Lionel Messi ötgan oy oxirida Misrga taşrif buyurib, S gepatiti bilan kuraşiş böyiça fond taşkillaştirgan xayriya tadbirida iştirok etib ketgandi.
«Keçirasizlaru, Messi ahmoq ekan. Men u bilan gaplaşganimda yuzida heç qanday hissiyotni körmadim. U men gapirgan narsalarga umuman qiziqiş bildirmadi.
Bunday böladi deb öylamagandim. Men unga piramidalar içidagi maxfiy joylar, ötmiş qirollari, Tutanxamon sulolasi haqida gapirdim. Undan sado çiqmadi. Bu gaplar unda heç qanday qiziqiş uyğotmadi. Messi özini yaxşi tutdi, ammo u faqat futbol bilan qiziqarkan», deya Havassning sözlarini keltirgan As naşri.
Zahiy Havass Misr qadimiyati böyiça oliy kengaş boş kotibi sifatida faoliyat yuritgan. U Qadimgi Misrning tarixi va madaniyatini ommalaştiriş bilan faol ravişda şuğullanadi. 2006 yili Time jurnali uni dunyoning eng nufuzli 100 nafar olimi safiga kiritgan.












