Yuta ştatining sobiq gubernatori, respublikaçi Jon Hantsman AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaga elçi böliş böyiça taklifini qabul qilgan. Bu haqda NBC News telekanali uşbu siyosatçiga yaqin manbaga asoslangan holda xabar berdi.
Hantsman — tajribali diplomat, u Pekinda elçi bölib işlaganida, Barak Obama va Xu Tszintao örtasida qalin aloqalar örnatiş uçun ba'zi işlarni amalga oşirgan.
2012 yilda Hantsman AQŞ prezidentligi uçun saylovda Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan, u keyinroq asosiy bosqiç boşlanmasidan poygadan çiqqandi.
Uni siyosat olamida «texnokrat-optimist» sifatida ta'riflaşadi.
Hantsman siyosiy faoliyatini Ronald Reygan prezidentligi davrida boşlagandi, u öşanda Savdo vaziri sifatida faoliyat körsatgan. U ötgan vaqt davomida barça prezidentlar davrida turli lavozimlarda işlab kelmoqda.
1992–1993 yillarda, katta Jorj Buş davrida u AQŞning Singapurdagi elçisi bölgan, 2009-2011 yillar davomida Xitoyda işlagan.
U 2001 yiliyoq Xitoyda iş boşlaşi mumkin bölgan, ammo Jorj Buş unga Indoneziyadagi elçi bölişni taklif qilgan, ammo Hantsman prezident taklifini rad etib, 2003 yilga qadar AQŞ savdo vakilligida faoliyat körsatgan.
2005 yildan 2009 yilgaça Yuta ştati gubernatori bölgan Hantsman özining talantli menejyer ekanini körsatgan.























