Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan örtasida muzokaralar bölib ötdi.
Tomonlar Suriyadagi vaziyatni, xususan, uşbu mamlakatdagi harbiy amaliyotlar ikki davlatning muvofiqlikdagi harakatlari orqali olib borilişini muhokama qilişgan.
Putin Erdöğan bilan körişgaç, Rossiya va Turkiya munosabatlari tiklanişi jarayoni yuqori suratda keçayotganini qayd etgan va Moskva tomoni bu holatdan mamnun ekanini bildirgan.
«Biz davlatlarimiz orasidagi aloqalar yetarli darajada tezkor suratlarda tiklanayotganidan xursandmiz», degan u.
Erdöğan esa Turkiya va Rossiya hamkorligi «Turk oqimi» gaz tarmoği va «Akkuyu» AES qurilişida ham faol ravişda davom etayotganini ta'kidlagan.
Şuningdek, Rossiya va Turkiya harbiy vazirliklar va maxsus xizmatlar sohasida ham samarali hamkorlik qilayotgani haqida söz borgan.
Putin şuningdek, ikki davlat ham dunyoda röy berayotgan inqirozlarni hal etiş yönalişida iş olib borayotganini qayd etib ötgan.

















