AQŞning yangi boş prokurori Jyeff Seşns sobiq prezident Barak Obama tomonidan tayinlangan 46 nafar federal prokurorlarning iste'fo berişlarini talab qildi. Bu hokimiyatning «bir xilda ötiş» jarayonini ta'minlaydi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi mamlakat adliya vazirligiga asoslangan holda.
Uning sözlariga köra, yangi federal prokurorlar tasdiqlangunça, idoralardagi boşqa prokurorlar vazifalarini ado etib turişadi.
Yangi federal prokurorlarni tayinlaş AQŞning yangi prezidenti boşqaruvi avvalidagi me'yoriy holat hisoblanadi.
Bunda, agentlikning qayd etişiça, Manxetten prokurori Prit Bxarara Obama tomonidan tayinlangan bölsa-da, lavozimida qolişi mumkin.
Amerika mulozimining sözlariga köra, u Donald Tramp va Seşns bilan uçraşgan. Ular Pritni lavozimida saqlab qolişga qaror qilgan.
Biroq, bu qaror Seşnsning sönggi e'lonidan avval qabul qilingan, şunga köra, Bxarara lavozimini haqiqatdan ham saqlab qolişi noma'lum bölib qolmoqda.












