Rim papasi Frantsisk 10 mart kuni Rim yaqinidagi Ariçça şaharçasida Suriyaga bağişlangan maxsus ibodat ötkazdi va halablik faqirlarga 100 ming yevro xayr-ehson qilişga qaror qildi. Bu haqda Vatikan rasmiy vakili Paloma Garsiya Oveyyero ma'lum qildi. 

Rim papasi avval ham Suriyada qon tökilişining töxtatilişiga bir neça bor çaqirgan hamda bu mamlakatda va ayniqsa Halabda yuz berayotgan hodisalarga xalqaro hamjamiyat e'tiborini qaratişga harakat qilib kelgan. Papa ötgan yil dekabrda Vatikandagi nutqi vaqtida barçani "Halab oilalar, bolalar, keksalar va kasalmandlar yaşaydigan şahar ekanligini" unutmaslikka çaqirgandi. 

Joriy yil yanvarida Halabda harbiy harakatlar tugatilgandan keyin Rim papasi topşiriği bilan u yerga Vatikan vakillari taşrif buyurişgan. Safar vaqtida Suriya aholisiga turli gumanitar yordam körsatiş zaruriyati oşib borayotgani qayd qilingandi. Gap avvalambor u yerga oziq-ovqat, kiyim-keçak yuboriş, tibbiy va ta'limiy yordam körsatiş haqida ketgan.