Bu tarix sun’iy intellekt yasagan surat bilan boşlanadi va şunday surat bilan yakunlanadi. Birinçisida Tramp Rim papasi sifatida tasvirlangandi, ikkinçisida esa u özini Iso Masihga öxşatdi.
2025 yil 3 may
AQŞ prezidenti Donald Tramp vafot etgan Rim papasi Fransiskka tutilayotgan motam fonida ijtimoiy tarmoqda özi katolik çerkov rahbari libosida tasvirlangan va sun’iy intellekt orqali işlangan suratni joylaştirdi. Undan biroz oldinroq Tramp özini Rim papaligiga saylaş kerakligini aytib, hazillaşgandi.

2025 yil 8 may
Amalda esa amerikalik Robert Prevo yangi pontifik etib saylandi va Lev XIV nomini oldi. U Rim papalari orasida ilk amerikalikka aylandi. Tramp buni butun mamlakat uçun ulkan şaraf deb atadi. Şu kuni ma’lum böldiki, bölajak papa biroz oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Tramp va uning migratsiya siyosatini tanqid qilgandi.
2026 yil 9 yanvar
Lev XIV «Dunyodagi holat haqida»gi an’anaviy nutqida «kuçga asoslangan diplomatiya»ni qoraladi, Venesuela suverenitetini hurmat qilişga çaqirdi va qoçqinlarning yonini olib gapirdi. Uning bu çiqişi yaqinda Venesuela prezidentini ağdargan va Minneapolisdagi migrantlarga qarşi reydlar ötkazişga (bu keyinroq ikki kişi ölimiga olib keldi) sanksiya bergan Trampning manziliga qaratilgan tanqid sifatida qabul qilindi.
2026 yil 18 yanvar
AQŞ qurolli kuçlari arxiyepiskopi Timoti Brolio Trampning Grenlandiyani Daniyadan kuç bilan tortib oliş haqidagi tahdidlari fonida BBC’ga intervyu berdi. Brolio bu tahdidlarni qoralagan va katolik askar uçun «axloqiy jihatdan şubhali» bölgan buyruqlarni bajarişdan boş tortiş «töğri qaror böladi» degan fikrni bildirdi.
2026 yil 22 yanvar
AQŞ mudofaa vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Elbrij Kolbi Rim papasining AQŞdagi elçisi (nunsiy), kardinal Kristof Piyerni Pentagonga çaqirtirdi. Uçraşuv çoğida Kolbi va uning hamkasblari göyoki Piyerdan Vatikan Trampning siyosatini tanqid qilişni bas qilişini talab qilişgan hamda



















