Xitoy oliy xalq sudi oxirgi 10 yil içida ölim jazosini "juda kam" qöllagan, deb aytdi uşbu sud raisi Çjou Tsyan.

"Oliy xalq sudi ölim jazosi hukmlarini körib çiqiş uçun huquqni öziga qaytarib olgandan keyingi 10 yil içida sud ölim jazosi ijro etilişini qattiq nazorat qilgan va sinçkovlik bilan kuzatgan, oliy jazoning juda kam hollarda va öta oğir jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan qöllanişini kafolatlagan", deb aytdi Çjou Tsyan Xitoyning oliy qonunçilik organi hisoblanuvçi Butunxitoy xalq vakillari yiğini sessiyasidagi ma'rzasida.

Biroq ma'ruzada ölim jazosi çiqarilgan hukmlar va ijro etilgan qatllar miqdori haqidagi ma'lumot berilmagan.

Xitoyda jinoyat kodeksining 46 ta moddasida ölim jazosi berilişi közda tutilgan. Ulardan aksariyati giyohvandfuruşlik bilan boğliq. Oxirgi vaqtda korrupsiya uçun ölim jazosi berilişi hollari köpaygan. Ötgan yili korrupsiya uçun ölim jazosi qoidalari aniqlaştirilib, unga köra endilikda oliy jazo 460 ming dollardan köproq summaga pora olingan yoki noqonuniy özlaştirib olingan hollarda qöllanadi. 

Oxirgi yillarda Xitoyda aybsiz odamlar qatl qilingan holatlarga yöl qöyilgani oşkor bölgan.