«Çelsi» rahbariyati «Yuventus» klubiga tegişli bölgan yarimhimoyaçi Kingsli Komanning transferi böyiça turinliklarga aloqaga çiqqan, deya xabar bermoqda Téléfoot.

Komanning «Bavariya» bilan ikki yillik ijara şartnomasi joriy mavsumdan söng nihoyasiga yetadi. Ammo «Bavariya» direktorlar Kengaşi raisi Karl-Haynts Rummeniggening sözlariga köra, nemis klubi ixtiyorida şartnomaga muvofiq futbolçini 18 million yevro evaziga butunlay sotib oliş huquqi bor.

Ammo fransuz manbasi bergan xabarga köra, «Çelsi» «Yuventus»ga 20 yoşli futbolçi uçun 60 million yevro miqdorida taklif jönatgan. Şuningdek «Mançester Siti» ham fransuz futbolçisini öz safida körişni istamoqda va uning uçun 50 mln yevro berişga tayyor turişibdi.

Agar Koman ingliz klublaridan birining taklifiga rozi böladigan bölsa, «Bavariya» bilan kelişuvda bölgan majburiy 18 million yevrolik bitimni rad etişi mumkin böladi.