Qozoğiston mudofaa vazirligining harbiy tibbiyot markazida AQŞ harbiy tibbiy mutaxassislari iştirokida instruktorlar va paramediklar uçun kurs taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu haqda respublika mudofaa vazirligi matbuot xizmat xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, Qozoğiston qurolli kuçlari tibbiy xizmatining bir guruh ofitserlari AQŞning San-Antonio şahridagi tibbiy mutaxassislarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan 4ta markaziga taşrif buyurgan. Safar harbiy-tibbiy mutaxassislar tayyorlaş böyiça axborot almaşinuvi dasturi doirasida amalga oşirilgan.
Matbuot bayonnomasida ta'qidlanişiça, bu kabi öquv kurslarini taşkil etişdan maqsad jang maydonida malakali birinçi tibbiy yordamni körsata oladigan mutaxassislarni tayyorlaşdan iboratdir.












