Fransiya Polineziyassi hukumati AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mişelning kelişiga tayyorgarlik körmoqda. Ular 16 mart kuni yetib kelişadi. Bu haqda Yangi Zelandiya radiosi Fransiya Polineziyasi rahbarining idorasiga asoslangan holda xabar qildi. Manba Oq uyning sobiq rahbari kelayotgani haqida ma'lumot olinganini aytar ekan, uning safariga oid boşqa tafsilotlar yöqligini bildirgan. 

Xabarlarga köra, Barak va Mişel Obama Fransiya Polineziyasida bir oyga yaqin vaqt dam oladi. Tahiti Nui TV mahalliy telekanalining ma'lum qilişiça, juftlik kelişi bilan Tetiaroa atolliga borişadi. Keyinroq, “lyuks” tasnifidagi mehmonxonalari bilan maşhur bölgan Bora-Bora oroliga kelişadi. 

Mahalliy hukumat AQŞning sobiq prezidentini rasmiy kutib oliş marosimini ötkazişni rejalaştirmayapti. 

Fransiya Polineziyasi – Tinç okeanining janubiy qismida joylaşgan, alohida maqomga ega Fransiya mulki hisoblanadi. uning tarkibiga 130ga yaqin oroli bölgan 5ta arxipelag kiradi. Ularning eng yirigi Taitidir.