Warner Brothers studiyasi «Matritsa» trilogiyasining davomini suratga olişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Hollywood Reporter öz manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
Hozirça studiya kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan biri bölgan uşbu franşizani «tiriltiriş»ning ilk bosqiçida turibdi. Stsenariy Zak Penn tomonidan yozilişi kutilmoqda.
Manbaning tasdiqlaşiça, yangi filmda boş rolni Maykl Bakari Jordan öynaşi mumkin. U dastlabki 3 film boş qahramoni Kianu Rivzni almaştiradi.
Ayni vaqtda ilk «Matritsa»ni va ikki sikvelni suratga olgan rejissyorlar Lana va Lilli Vaçovski loyihaga jalb etilmagan.
Studiya bu xabarlarga munosabat bildirmadi.
Bundan oldinroq Kianu Rivz «Matritsa»ning törtinçi qismi suratga olinsa, unda iştirok etişga tayyorligi aytilgandi.












