Nufuzli şotland golf-klubi Myuirfild a'zolari klub taşkil topgan 1744 yildan beri amal qilib kelgan, ayollarning klubga a'zo bölişlariga taqiqlovni bekor qilişga qaror qilişdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, bu masala böyiça ovoz beriş 498 nafar rozilar va 123 nafar qarşi çiqqanlar nisbatida yakunlangan. Endilikda klub dunyoning eng yirik golf-çempionatlaridan biri British Open’ni qabul qila oladi.
Klubning 273 yil davom etgan taqiqlovni bekor qiliş qarorini Şotlandiyaning birinçi vaziri Nikola Sterjyen ham qutladi.
"Ayollarning a'zolikka qabul qilinişi töğri va buyuk qarordir", deb yozdi Sterjyen tvitterda.












