Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi çoğida “Özstandart” agentligi oldiga içki iste'mol bozorlarimizni himoyalaşni yanada kuçaytiriş hamda sifatsiz import mahsulotlarni savdoga çiqarişini oldini oliş vazifasi yuklatilgan edi, deb xabar qiladi “Özstandart” agentligi matbuot xizmati.
Xabar qilinişiça, mazkur topşiriq ijrosini ta'minlaş maqsadida agentlikning hududiy boşqarma va markazlari tomonidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi.
Prezident topşiriğiga asosan “Özstandart” agentligi, respublikaning yirik bozorlari va savdo şoxobçalarida sotilayotgan mahsulotlarni sertifikati va sifati tasdiqlangan holda sotilayotganligi yuzasidan örganişlar ötkazdi.
“Mamlakatimizning turli hududlaridagi 41 ta bozor va savdo şoxobçalarida sotilayotgan mahsulotlarning 34 turdagi 2779 ta mahsulotlardan 2013tasi, ya'ni 72,4 foizi sertifikatsiz, sifati kafolatlanmagan holda iste'molçilarga sotilayotgan holati aniqlandi”, - deyiladi agentlik xabarida.
Uşbu mahsulotlarning aksariyati Xitoy davlatida işlab çiqarilganligi ma'lum böldi.
“Hurmatli iste'molçilar! Biror bir mahsulotni xarid qilayotganda albatta sertifikatini söraşni unutmang”, - deyilgan agentlik xabarida.












