AQŞ prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi örinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al-Saud jahon bozorida barqarorlikni ta'minlaş maqsadida AQŞ va Saudiya Arabistoni örtasida energetika sohasida maslahatlaşuvlar ötkazişga kelişib oldilar. Bu haqda Oq uyda ma'lum qilindi.
Tramp va Al-Saud örtasidagi muzokaralar 14 mart kuni Vaşingtonda bölib ötgan.
"Ikkita davlat energetika sohasida ikki tomonlama maslahatlaşuvlarni jahon iqtisodiyoti ösişini oşiriş hamda yetkazmalarning barbod bölişi va bozorda narx-navoning öynaşi xatarini kamaytirişga imkon beradigan yösinda davom ettiriş istaklarini bildirdilar", deb aytildi xabarda.
Saudiya Arabistoni OPeKga a'zo bölib, taşkilot ötgan yil noyabrda neft narxini barqarorlaştiriş uçun neft qazib olişni qisqartiriş qarorini qabul qilgandi.
AQŞ kartelga a'zo emas, biroq Saudiya Arabistoni va Rossiya bilan bir qatorda neft qazib oliş böyiça yetakçi uçlikka kiradi.












