Özbekiston davlat jahon tillari universitetining bir guruh iqtidorli talabalaridan tarkib topgan «Yoş izlanuvçilar» guruhi taşabbusi bilan «Ingliz tilida sözlarni harflab talaffuz qiliş» an'anaviy respublika musobaqasi ötkazildi.

Ikki yildan buyon Toşkent şahridagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan köriş imkoniyati çeklangan talaba-yoşlar örtasida ötkazib kelinayotgan mazkur musobaqa joriy yilda köriş imkoniyati çeklangan 21 nafar maktab öquvçilari örtasida taşkil etildi.

Tanlov şartiga köra, unda iştirok etgan yoşlar hakamlar hay'ati tomonidan tavsiya etilgan sözlarni harflab töğri va baland va aniq ovozda talaffuz qilişlari lozim edi. Unda yoşlar ingliz tili böyiça öz bilim va ijodiy salohiyatlarini, iste'dodlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakuniga köra quyidagi iştirokçilar kuçli uçlikdan örin oldi:
1. Madina Umarova
2. Kamola Davlatova
3. Samira Talipova
Respublika közi ojizlar jamiyati, «Özbekistonda xorijiy tillar» nomli elektron jurnal va Internet portali, Özbekistondagi Britaniya Kengaşi hamkorligidagi tadbirga xalqaro taşkilotlar, xorijiy elçixonalar vakillari ham taklif etildi.












