Dunyo mamlakatlarida ingliz tilini biliş darajasini baholovçi eng yirik reyting – EF English Proficiency Index 2025 yilgi hisobotini e’lon qildi. Özbekiston – aholisi orasida ingliz tilini biliş darajasi eng past mamlakatlar qatorida qolyapti.

Özbekiston neçinçi örinda?
2025 yil uçun reytingda Özbekiston 123 ta mamlakat orasida 104-örinda qayd etilgan. Bu ötgan yillardagidan pastroq: 2024 yilda Özbekiston 114 ta mamlakat orasida 98-örinda, 2023 yilda esa 113 ta mamlakat orasida 93-örinda edi. Öz navbatida, özbekistonliklarning ingliz tilini biliş borasidagi örtaça reyting balli ham 439 dan 429 gaça pasaygan (maksimal ball – 700). Bu – SEFR şkalasi böyiça B1 darajaga teng.

Mamlakatda ingliz tilini biliş darajasi hududlar kesimida sezilarli darajada farq qiladi. Bu borada 470 ball bilan Farğona viloyati birinçi örinda boryapti. Andijon viloyati 453 ball bilan ikkinçi örinda qayd etilgan. Toşkent viloyati – uçinçi örinda. Yuqori beşlikdan Buxoro (436) va Surxondaryo (431) viloyatlari ham joy olgan. Eng past körsatkiç Qaşqadaryo (412 ball), Sirdaryo (409) va Jizzax (395) viloyatlarida qayd etilgan.
Şaharlar miqyosida ham Farğona birinçi örinda ekani e’tiborga molik: bu şahardan test topşirganlarning örtaça balli 470 bölgan. Şaharlar böyiça top-beştalikka Toşkent (469), Qarşi (440), Andijon (439) va Namangan (430) kirgan.

Yana bir jihat: eng past körsatkiçlarni 18-20 yoşlilar guruhi qayd etgan bölsa, 30-40 yoş va 40 yoşdan katta bölgan test topşiruvçilarning natijasi yaxşilangan.

Özbekiston uşbu tadqiqotga 2018 yildan boşlab qamrab olingan, öşanda 88 ta mamlakat orasida 86-örinda qayd etilgandi. Mualliflar u yoki bu mamlakat haqida muayyan xulosalar çiqariş uçun yetarliça ma’lumotlar mavjud deb hisoblab, reytingga kiritişi uçun imtihonlarda kamida 400 kişi qatnaşişi zarur.
Global reyting












