AQŞ maxfiy xizmati xodimining avtomobilidan Trump Tower binosi çizmalari, Xillari Klintonning şaxsiy serverini qöllaşi böyiça ötkazilgan tergov tafsilotlari va milliy xavfsizlikka tegişli bölgan boşqa ma'lumotlar bölgan noutbuki öğirlab ketildi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.
Ta'kidlanişiça, voqea Nyu-Yorkda 16 mart kuni yuz bergan. Maxfiy xizmatda noutbuk öğirlab ketilgani tasdiqlangan.
Şuningdek, maxfiy xizmatda xodimlarga öz noutbuklarida maxfiy ma'lumotni saqlaş taqiqlangani aytildi.
Hozir öğirlangan noutbuk qidirilmoqda. Politsiya videoyozuvlar orqali öğrilikda gumon qilinayotgan şaxsni tezkor ravişda aniqlaşga umid qilmoqda.
Bundan taşqari, maxfiy xizmat öğirlangan noutbuk haqida ma'lumotga ega bölganlarga Nyu-York politsiyasi yoki maxfiy xizmat boş boşqarmasi bilan boğlanişni iltimos qilgan.
Xabarda aytilişiça, maxfiy xizmat tegişli ma'lumotlarni töplagaç, qöşimça axborot beradi.











