Ötgan oy Turkiyada bölib ötgan NATO sammiti çoğida Eron tomonidan prezident Donald Tramp va «1-raqamli bort» (Air Force One)ga nisbatan tahdid borligi aniqlangan. Bu haqda New Yokr Times'ga ma’lumot bergan AQŞning ikki yuqori martabali rasmiysiga köra, şundan söng Trampni Turkiyadan olib çiqib ketiş uçun puxta öylangan aldov rejasi amalga oşirilgan va uni keytering konteynerida harbiy samolyotga olib ötilgan.

Tramp va boşqa rasmiylar 8-iyul kuni Turkiyadan Qatar sovğa qilgan va özi uçib kelgan haşamatli samolyotida emas, balki eski «1-raqamli bort»da jönab ketişini oçiqçasiga aytişgan edi. Öşanda Tramp jurnalistlarga bu özgarişni «eski davrlar hurmati» uçun qilayotganini aytgan.

Öşa kuni Tramp kameralar qarşisida çap tomondagi eşik orqali eski samolyotga kötarildi. AQŞ rasmiylaridan birining sözlariga köra, Tramp öşa eski, oç havorang, modifikatsiya qilingan Boeing 747 samolyotida uçiş örniga, eşikning qarama-qarşi tomoniga kötarilgan keytering konteyneri orqali samolyotdan yaşirinça olib çiqib ketilgan. Vaziyatdan xabardor rasmiyning aytişiça, şundan söng prezident uçinçi samolyotga ötkazilgan va u uşbu samolyotda yaşirinça Britaniyaga uçib ketgan.

Times'ning yozişiça, eski samolyotdagi amerikalik jurnalistlarga Tramp ular bilan uçmayotgani aytilmagan. Bu esa ularni beixtiyor hiyla iştirokçilariga aylantirgan. Oq uyning ba’zi xodimlari va press-pul jurnalistlari özlari bexabar holda çalğituvçi nişon – xörak vazifasini bajarişga majbur bölgan.

Uşbu maxfiy operatsiya haqida avvalroq yozgan Washington Post prezidentni Turkiyadan Britaniyaga olib ötgan samolyot Boeing 757ʼning harbiy varianti - C-32A ekanligini ma’lum qilgandi.

«Tezkor reja»

Naşrning yozişiça, aftidan bu murakkab reja - rasmiylar Eron tomonidan Trampga nisbatan qilingan tahdid jiddiy ekanini aniqlaganidan keyin bir neça soat içida işlab çiqilgan.

«Bu holat Eron tomonidan Trampga yillar davomida qilinayotgan tahdidlar va u uşbu mamlakatga qarşi boşlagan uruş fonida sodir böldi. Şuningdek, bu jamoatçilikni prezidentning qayerdaligi haqida aldaş bilan boğliq ğayrioddiy holat edi».