AQŞ mudofaa vazirligi IŞID terrorçilik guruhiga qarşi kuraş strategiyasini işlab çiqdi va uni prezident Donald Trampga taqdim etgan. Ammo, yangi ekani uqdirilgan tavsiyalar Barak Obamaga berilgan dasturdan deyarli farq qilmaydi. Bu haqda NBC telekanali Pentagondagi yuqori lavozimli mulozimga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Yangi rejada jangarilarga havo zarbalari beriş, Mösul va Raqqadagi amaliyotlarni ötkazayotgan mahalliy kuçlarga yordam beriş, terrorçilardan ozod qilingan mintaqalarni barqarorlaştiriş va terrorçilarni moliyaviy manbalaridan mahrum etiş böyiça çoralar köriş nazarda tutilgan. 

Telekanal suhbatdoşining aytişiça, yuqoridagi çoralar terrorçilarni yöq qilişga kifoya qilmaydi. Tramp esa saylovoldi kampaniyasi çoğida IŞID ustidan töliq va tezda ğalaba qozonişga va'da bergan edi. U, şuningdek, Obama ma'muriyatini sustkaşlik va örtaça iş olib borganlikda ayblagandi. 

"IŞIDni yöq qilişga qaratilgan reja "B rejasi, A rejasiga qat'iy rioya qilamiz, ammo jiddiyroq urinamiz", degan maqolga öxşaydi", — degan NATOning Yevropadagi birlaşgan kuçlarining sobiq qömondoni, iste'fodagi admiral Jyeyms Stavridis. Uning fikriça, prezident hujjatni qayta işlaşga yuborişni xohlaşi dargumon.