Jaguar kompaniyasi F-Pace yöltanlamasining sportça modifikatsiyasi sinoviga kirişdi. Fotojosuslar avtomobilni yaşirinça suratga tuşirişdi. Kadrlar Autocar naşri tomonidan e'lon qilindi. Maşinalar sotuvi 2018 yilda boşlanadi.

Suratlarga köra, yangilik ança tajovuzkor dizaynga ega böladi. Yöltanlamas katta havo panjaralari, ğildirak disklari va spoylerga ega. Unga V8 5,0 litrli benzin dvigateli örnatiladi. Motorning quvvati 570 ot kuçiga teng. Yöltanlamas soatiga 100 kilometr tezlikka 4 soniyada yetişi mumkin. Şu tariqa, F-Pace SVR öz sinfidagi eng tezkor avtomobilga aylanadi.

Angliya brendi tarixidagi birinçi yöltanlamas - Jaguar F-Pace 2016 yilning yozida sotuvga çiqarilgan bölib, uni beşta turli nusxasida sotib oliş mumkin: Pure, Prestige, Portfolio, R-Sport va S.

Avtomobil IQ negizida yaratilgan. F-Pace’ning barça modifikatsiyalari sakkiz poğonali avtomatik uzatmalar qutisi va töla uzatma tizimi bilan jihozlangan. Boşlanğiç yöltanlamas Ingenium oilasidagi dizelli dvigatelga ega. 2,0 l hajmli agregat 180 ot kuçini beradi. Bundan taşqari, dizelli nusxalar hajmi 3,0 l. bölgan va 300 ot kuçilik V6 motoriga ega. Eng kuçli dizelli F-Pace soatiga 100 kilometr tezlikka 6,2 soniyada yetadi.

F-Pace’ning benzinli nusxalari 3,0 litrli benzinli V6’ga ega hamda 340 yoki 380 ot kuçini berişi mumkin. Sönggisi faqatgina F-Pace’ning First Edition nusxasiga tegişli bölib, bunda avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka 5,5 soniyada çiqişi mumkin. Bunday variantning maksimal tezligi elektronika tomonidan soatiga 250 kilometr tezlik bilan çeklangan.

Jaguar F-Pace tezkorlik bilan töxtaş tizimi, piyodlarni farqlaş funksiyasi, harakatlaniş yölagidan çiqib ketişdan ogohlantiruvçi tizim, harakatlaniş yölagida qoliş tizimi, yöl belgilarini farqlaş funksiyasi, şuningdek haydovçi holatini tahlil qiliş tizimi bilan ham jihozlanişi mumkin.