Fransiya politsiyasi Parijda huquq-tartibot idoralari tomonidan zöravonlikka qarşi namoyişga çiqqanlar bilan töqnaşuvda közdan yoş oqizuvçi gazdan foydalandi. Tartibsizliklar oqibatida uç kişi qölga olindi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi.
Aniqlik kiritilişiça, politsiyaçilar gazni niqob taqqan namoyişçilarga qarşi işlatgan. Ularning bir qismi quyoşdan himoya qiluvçi közoynaklarni taqib olgan hamda qöllarida anarxistlar bayroği bölgan.
Töqnaşuvlar vaqtida ikki nafar politsiyaçi yengil jarohat oldi, ular kasalxonaga yetkazilgan. Namoyiş davomida bir neça bankka qaraşli bölinmalar oynalari sindirildi.
Bir neça ming kişi yakşanba kuni Parij köçalariga çiqdi. Namoyişçilar qölida “Adolat va qadr-qimmat, politsiya zöravonligini töxtating” yozuvli katta bayroq bölgan. Öşa yerda politsiya zöravonligi qurboni bölgan 13 inson suratlari ham bölgan.
Frans Press ma'lumotiga köra, aksiyada taxminan 7,5 ming kişi qatnaşgan, ular şahar markazidagi Respublika Maydonida yiğilgan.
Fransiyadagi yangi tartibsizliklarga 2 fevral kuni Parij şimolidagi One-su-Buada röy bergan hodisa sabab böldi, öşanda politsiyaçilar köçada Teo ismli yigitni hujjatlarni tekşiriş maqsadida töxtatişgan. Oqibatda janjal boşlangan, politsiya kuç işlatdi, yigit esa jarrohlik amaliyotidan ötkazildi. Politsiyaçilardan biriga zörlaş ayblovi qöyildi, yana uç nafari til biriktirgan holda zöravonlik qilişda gumonlanmoqda. Teo kasalxonada ikki hafta bölganidan keyin uyiga qaytib ketgan.












