AQŞ qöşinlari 2011 yilda Iroqni tark etmasliklari kerak edi, deb aytdi AQŞ prezidenti Donald Tramp Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy bilan Oq uydagi uçraşuvda.
Tramp, şuningdek, Iroqning hozirgi hukumatining IŞIDga qarşi kuraşdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. "Albatta, biz ketmasligimiz kerak edi. Biz buni qilişimiz şartmasdi. Natijada böşliq hosil bölgan va biz keyin nima bölganini hozir muhokama qildik", deb aytdi Tramp.
"Men siz katta sa'y-harakatlar amalga oşirayotganingizni bilaman. General Mettis, general Makmaster va Reks Tillerson siz öz işingizni yaxşi bajarayotganingizni aytişdi. Bu oson iş emas, bu murakkab iş. Askarlaringiz oğir janglar olib bormoqdalar", deb Iroq hukumati işiga yuqori baho berdi Tramp.
Tramp va al-Obodiy IŞIDga qarşi kuraşni muhokama qilişdi. "Biz IŞIDdan xalos bölmoqçimiz va bu hozirdayoq yuz bermoqda", deb aytgan Tramp. Uning fikriça, "oxirgi 5-6 hafta içida köp narsa özgargan".
Tramp uçraşuvda Barak Obama tomondan tuzilgan Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvni yana bir marotaba tanqid qildi.
Al-Obodiy iroqlik harbiylar ixtilof hududidan kelgan qoçqinlarga qanday yordam berayotganlari haqida sözlab berdi. U Tramp AQŞga fuqarolari kirişi vaqtinçalik taqiqlangan davlatlar röyxatidan Iroqni çiqarib taşlagani uçun AQŞ prezidentiga minnatdorçilik bildirdi.












