Fransiyaning Bove şahrida tört yoşli qizça zerikkani tufayli tezkor xizmatlarga qönğiroq qildi hamda ularning xodimi bilan telefon orqali gaplaşib ötirdi. Bu haqda Uaza jandarmeriya departamentining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Qizça 17 mart kuni uyda yolğiz qolgan hamda zerikkani tufayli “17” tez çaqiriş raqamini tergan. Unga javob bergan jandarm qizçaning onasi dökondan kelguniga qadar – 45 daqiqa davomida u bilan suhbatlaşib ötirgan. 

Aniqlik kiritilişiça, jajji qizça juda qiziquvçan bölib çiqqan va köplab savollarni bergan. Şu bilan birga, uning onasi qizi jandarm bilan telefonda uzoq vaqt gaplaşayotganidan hayratga tuşdi.

Keyinçalik ularning uyiga patrul ham yetib keldi. Huquq-tartibot idorasi xodimlari qizçaning hayotiga heç nima xavf solmayotganiga işonç hosil qilişmoqçi bölgan. Ular “mehribon” onaga bolani hattoki qisqa vaqtga qadar ham yolğiz qoldirib bölmasligini eslatişdi.

Jandarmlarning sözlariga köra, qizçaga suhbat yoqib qolgan va u bilan muloqot qilgan xodimni tuğilgan kuniga taklif etdi.