“Kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy savdo majmuasida AQŞdagi nufuzli Karleton Kolleji Markaziy Osiyo tarixi va ijtimoiy Antropologiyasi professori Adeyeb Halidning “MAKING UZBEKISTAN Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR” yangi kitobi taqdimot marosimi bölib ötdi.
Bugungi kunda Adeyeb Halid Turkiston, özbek tarixiga oid ilmiy asarlar ustida işlaş uçun Özbekistonga kelgan va Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy Kutubxonasida tadqiqot işlarini olib bormoqda. U nafaqat tarixçi, balki tarjimon hamdir. U özbek xalqining 20 asr boşlarida yaratilgan boy merosini jahon auditoriyasiga olib çiqqan.

Tadbirda tarix fanlari doktori, professor, etnoşunos Adxam Aşirov, tarix fanlari doktori, professor Şamsiddin Kamoliddinov, tarix fanlari nomzodi, qadimşunos Farhod Maqsudov, san'atşunoslik fanlari doktori, xalqaro ekspert Aleksandr Jumayev, “Akademnaşr” naşriyoti direktori Sanjar Nazar, adabiyotşunos Şahnoza Töraxöjayeva, Şerqon Qodiriy va talabalar iştirok etdilar.

Taqdimotda Özbekiston Respublikasining 20 asr boşida paydo bölişida özbek ma'rifatçilari Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon, Munavvarqori Abduraşidxon, Mahmudxöja Behbudiy kabi millatimizning buyuk vakillari roli haqida tinglovçilarga yangi ma'lumotlar taqdim etildi. Şuningdek tarixçi, jurnalist, adabiyotşunos va yoş tadqiqotçilar özlarining qiziqtirgan savollariga javob olişdi.







