Amerika politsiyasi Florida ştatida 75 yoşli Linli Benson Lemburgni qölga oldi. U Vetnamdagi uruş vaqtida AQŞ qurolli kuçlari safidan qoçişda ayblanmoqda, deb xabar bermoqda Fox News. U harbiy tribunal tomonidan sud qilinişi mumkin.

Telekompaniya ma'lumotiga köra, sobiq harbiy xizmatçi köp yillar davomida öylab topilgan ism ostida yaşab kelgan. U hattoki öz rafiqasidan ham buni sir saqlab kelgani aytilmoqda.

Lemburg qölga oliş jarayonida qarşilik körsatmadi, uni şerif idorasiga olib borib, barmoq izlarini olişgan (bu harbiy-havo kuçlari hujjatlaridagi ma'lumotlar bilan taqqoslaş maqsadida amalga oşirildi). Keyinçalik erkak Tampadagi HHK bazasiga, söroq ötkaziş uçun olib borilgan. Tergovçilarning fikriça, u AQŞ qurolli kuçlari safidan Vetnamdagi uruşga yubormasliklari uçun 1972 yilda qoçib ketgan.

"Lemburg federal hukumatni aldagani yuzasidan tekşiruv ötkaziladi. Biz bu qaçon röy berganini aniqlaşimiz kerak", - deya aytib ötdi Merion okrugi şerifi vakili Loren Letterayyer.