Kot-d'Ivuarda tört oyoq va ikki umurtqa poğonasi bilan tuğilgan qizça Çikagodagi murakkab jarrohlik şifoxonasida parazit egizagidan muvaffaqiyatli ajratildi. Bu haqida Daily Sabah naşrida xabar berildi. 

Ön oylik Dominika Illinoys ştati Parke-Rijdagi Advocate Children's bolalar şifoxonasida beş nafar jarroh iştirokidagi 6 soatlik operatsiyani boşidan ötkazdi. Hozirda u Çikagodagi oilasi bilan birga. 

"Hammasi yaxşi ketmoqda, u şifoxonada bor-yöği beş kun böldi. Hozirda u çikagolik onasi bilan birga va özini juda yaxşi his qilmoqda", - dedi pediatr va rekonstruktiv jarroh Frenk A. Vikari.

Dominika parazit egizagi bilan tuğildi. Töliq rivojlanmagan egizagi tananing pastki qismi Dominikaning böyin va yelka sohalaridan çiqib qolgan. 

"Parazit egizak - bu töliq rivojlanmagan egizak", - deydi şifoxonadagi bolalar neyrojarrohi Jon R.Ruge.

Şifokorlar Dominikaning familiyasini oşkor qilişni istaşmadi.

Dominika AQŞga jarrohlik amaliyoti uçun kelganidan buyon unga Nensi Svabb ğamxörlik qilmoqda. 

"Dominika juda yaxşi qiz. U bizning oilamizda bölganidan juda mamnunmiz", - dedi Svabb.

"Biz köp suratlar yöllayapmiz, Dominikaning oilasi uning nima qilayotgani, ikki yangi tişi çiqqani va turli harakatlarini körişini yaxşi bilamiz".

Svabb Dominika bilan xayrlaşiş haqida öylagisi ham kelmaydi.

"U bizning qalbimizdan joy oldi. U oilamiz a'zosidir", - dedi Svabb.