Sirdaryo viloyati, Guliston tumani «Işonç» mahallasida yaşovçi fuqaro Malika Nuritdinova «Özsanoatqurilişbank» taqdim etgan kredit asosida öz biznes loyihasini hayotga tatbiq etdi.
«Öz uyida oilasi bilan tadbirkorlik qilayotganlar haqida televizorda körsatişganda ularga havas qilardim. Töğri-da, işidan ajralmay, hovlisining bir tomoniga ekin-tekin qilsa, bundan ham jamiyat, ham tadbirkorning özi foyda köradi. Şunday oilaviy tadbirkorlar haqidagi körsatuvlarni tomoşa qilganimda har doim böş turgan yerimiz xayolimga kelar, şu joyga issiqxona qurişni öylardim.
Hamma işning öz tartib-qoidasi bölganday, tadbirkorlikning ham öz yöl-yöriği bor. Işni nimadan boşlab, qanday davom ettirişni biliş kerak.
Toki «Özsanoatqurilişbank» xodimlari eşigimni taqillatib kelişmagunça, rejalarim rejaligiça qolayotgan edi.
Bank vakillari bugun mamlakatimizda har bir fuqaroning yaşaş şaroiti, hayotiy ehtiyoj va muammolari obdon örganilayotgani, kerak bölsa, yordam berilayotgani, oddiy aholini tadbirkor qiliş böyiça maqsadli tadbirlar taşkil etilayotgani töğrisida gapirib berişdi. Fikrimni söraşdi. Ançadan buyon issiqxona qurişni öylab yurganim, lekin işni nimadan boşlaşni bilmayotganimni aytdim. Ular xöjaligimdagi böş yerni körgaç, rejam ayni mos tuşişini bildirişib, issiqxonani «Özsanoatqurilişbank» tomonidan ajratilgan kredit asosida qurişim mumkinligini takidlaşganida, qançalar xursand bölganimni tasavvur qila olmaysiz. Ehtiyojdan kelib çiqib, bank menga 15 million söm mablağ ajratdi. Hozir oilamiz bilan qöşimça daromad olayapmiz.
Mahalla-köyga ham buning nafi tegayapti. Endi oilam bilan tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş yölida bor salohiyatimizni işga solamiz. Bizni qöllab-quvvatlagan «Özsanoatqurilişbank» kömagidan minnatdormiz!», deya yozgan u.











