Qirğizistonda investitsion viza oliş jarayoni yengillaştirildi. Bu haqda Qirğiziston taşqi işlar vazirligidagi matbuot-anjumanda ma'lum qilindi. 

Ma'lumotlarga köra, avval investitsion viza oliş uçun Qirğiziston iqtisodiyotiga kamida 35 mln som sarmoya qiliş kerak edi. Hozirda bu qiymat 10 mln som qilib belgilandi.  

Qirğiziston taşqi işlar vazirligi konsullik xizmati departamenti boşliği Erkin Asangulovning ma'lum qilişiça, Qirğizistonda 5 apreldan mamlakatga kirişga ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş va beriş tartibining yangi yöriqnomasi amal qila boşlaydi. Hujjat Qirğizistonga xorijliklarning kelişi, migratsiya siyosatini reglamentlaştiriş va terrorçilik xavfi oldini oliş maqsadida işlab çiqilgan.  

Taşqi işlar vazirligi xodimlarining qöşimça qilişiça, yangi yöriqnomaga köra, yagona viza stikeri amal qiladi. Ta'kidlanişiça, vizaning örtaça narxi 50 dollarni taşkil qiladi. Xorijda yaşovçi qirğizlarni kelgusida uşbu konsullik yiğimlaridan töliq ozod qiliş rejalaştirilmoqda.