MDH davlatlari banklarining aksariyatida yuqori valyuta xavflari saqlanib qolmoqda, sababi xorijiy valyutadagi oçiq qisqa pozitsiyalar haligaça mavjud. Eng kiçik valyuta xavfi Özbekiston banklarida, deyiladi Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi hisobotida.

Moody’s kiçik vitse-prezidenti Mariya Malyukovaning xabar berişiça, agentlik fikriça, Ukraina, Ozarboyjon, Tojikiston va Belarus banklarida valyuta xavfi eng köp. 

Moody’s agentligi fikriça, bank tizimlarining dollarlaşişi kamayib borişi ehtimolga yaqin bölsa-da, jarayon asta-sekin yuz beradi va amaliyot şaroitlari hamda mijozlar işonçining tiklanişiga boğliq böladi.

«2016 yilda MDH banklari böyiça xorijiy valyutadagi depozitlar uluşining pasayişi (5,9 foiz) xorijiy valyutadagi kreditlar qisqarişi darajasidan ortganiga qaramay (2,9 foiz), banklarda oçiq qisqa pozitsiya saqlanib qolmoqda, - deydi Mariya Malyukova. – Banklar bu xavflarni kamaytiriş uçun köp qiymatli kelişuvlarni bitta bozorda oçişlari kerak».

MDH davlatlarida bank tizimlari dollarlaşişi darajasining kamayişi jarayoni bir qator omillar ta'siri natijasi tufaylidir, ular orasida: yangi regulyativ talablarning qabul qilinişi, banklar tomonidan xorijiy valyutadagi kreditlarning qayta qurilişi va pul-kredit siyosatining kuçaytirilişidir.