Saudiya Arabiston energetika vaziri Holid al-Folih bayonotidan söng neft narxi kötarildi. U mart oyida mamlakatdan AQŞga “qora oltin” eksporti fevral bilan taqqoslaganda kuniga 300 ming barrelga qisqarganini ma'lum qildi. 

Toşkent vaqti bilan 10.19 holatiga köra Brent markali neftning may fyuçerslari narxi 0,36 foizga qimmatlaşib – bir barrel uçun 50,74 dollarni taşkil etgan. WTI markali neft narxi esa 0,46 foizga ortib, bir barrel uçun 47,92 dollarga teng böldi.

"Eksport haftadan haftaga qadar özgarib borişi mumkin, biroq mart oyida eksport örtaça pasaydi", - deya Folihning sözlarini keltirgan Reyter agentligi. Uning qöşimça qilişiça, keyingi bir neça oy davomida eksport mart oyi darajasida saqlanib qoladi.

"Bizning taxminimizga köra, 2017 yilning ikkinçi çoragida AQŞdagi neft zaxiralari jiddiy ravişda pasayadi, şuningdek OPeKka a'zo davlatlar va bu taşkilotga kirmaydiganlar tomonidan qazib oliş hajmini qisqartiriş böyiça kelişuvga rioya etiladi", - deya BMI Research’ning nomi oşkor etilmagan tahlilçilari sözlarini keltiradi agentlik.