2017 yil 24 mart kuni AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen Qarşi şahrida joylaşgan Qaşqadaryo viloyat sil kasalliklari dispanseriga taşrif buyurdi. Elçi xonimning taşrifi 24 mart - Butunjahon sil kasalligiga qarşi kuraş kunini nişonlaş maqsadida taşkil etildi.
Uşbu sanada har yili dunyo böylab sil kasalligining jamoat soğliğiga ta'siri, uning oldini oliş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda sil kasalligi bilan boğliq bölgan stigma va kamsitiş kabi holatlarni kamaytirişga bağişlab turli tadbirlar ötkaziladi.
Taşrif davomida Spratlen xonim dispanser şifokorlari, hamşiralari, Sil kasalligiga çalingan bemorlar maktabi hamda bemorlarni qöllab-quvvatlaş guruhi xodimlari bilan uçraşdi. Elçi xonim, şuningdek, USAID tomonidan bemorlar va ularning yaqinlarini qöllab-quvvatlaş borasida uyuştirilgan maşğulotlarda malaka oşirgan jamoa yetakçilari bilan ham suhbatlaşdi.

Yordam dasturlari orqali Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining sil kasalligiga barham beriş strategiyasini amalga oşiriş maqsadida AQŞ Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Taşkilotning ma'lumotiga köra, dunyo böylab 10 milliondan ortiq odam sil kasalligidan aziyat çekadi. Sil kasalligining oldini oliş imkoni hamda davosi bor bölsa-da, har yili 2 millionga yaqin odam uşbu kasallik tufayli olamdan ötadi. Uşbu kasallikning oldini oliş hamda davolaş haqida aholi örtasida yetarli ma'lumot yöqligi sil kasalligining tarqalib ketişini asosiy sababidan biriga aylanmoqda.

Butunjahon sil kasalligiga qarşi kuraş kuniga bağişlangan taşrif Qaşqadaryo viloyat sil kasalliklari dispanseri boş şifokori Tölqin Aşurov tomonidan taşkil etildi. 3 million aholiga xizmat körsatib kelayotgan uşbu dispanserga USAIDga qaraşli silni nazorat qiliş dasturi orqali texnik yordam topşirildi. 2015 yildan buyon bu dastur Özbekistonning tört viloyatida sil kasalligi tarqalişini bartaraf etib kelmoqda.














