Buxoro şahrida 2016-2017 yil sport tadbirlari taqvim rejasidan örin olgan qizlar örtasida voleybol buyiça VI Özbekiston çempionatining yakunlovçi uçinçi turi bölib ötmoqda.  Yurtimizning 10 ta viloyatidan  jamoalar iştirok etadigan musobaqaning 1-bosqiçi ötgan yilning dekabr oyida Namangan şahrida start olgan bölib,  ikkinçi tur öyinlari esa fevralda Samarqand şahrida ötkazilgan. Andijonlik voleybolçi qizlar Samarqanddagi öyinlarda Xorazm, Samarqand, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro hamda Qaşaqadaryo viloyatlari vakilalalarini bir xil 3:0 hisobida yutgan edi.

23 mart kuni Buxoroda çempionatning final bosqiçiga çiqqan beş jamoa iştirokidagi   bahslariga start berildi. Asosiy bosqiçning dastlabki ikki öyinida   Buxoro va Xorazm jamoalari ustidan 3:1 hamda 3:0 hisobida ğalaba qozongan andijonlik qizlar jamoasi muddatidan oldin mamlakat çempionligini qölga kiritdi.

Ğolib Andijon olimpia zahiralari kolleji öquvçilaridan taşkil topgan jamoaning uç nafar a'zosi yurtimizning oliy ökuv yurtlariga imtiyozli kiriş huquqiga ega böldi.

Elmurod Ermatov, Andijon