Hozirga qadar ikkita Paralimpiya öyinlari oldin medalini hisobiga yozib qöygan eronlik sportçi öz yurtining terma jamoasi tarkibida Parij-2024 öyinlarida ham şohsupaning yuqori poğonasiga çiqiş niyatida.
Murtoza Mehrzodning böyi 2 metr 46 santimetni taşkil etadi — u Paralimpiya öyinlaridagi eng baland va dunyoda böyining balandligi böyiça ikkinçi örinda turadigan insondir.
36 yoşli sportçi erkaklar örtasida ötirgan holda ötkaziladigan voleybol böyiça Eron terma jamoasining muhim a’zosi hisoblanadi. U Rio va Tokio Olimpiadalarida jamoasi bilan oldin medalni qölga kiritgan.
Mehrzod Rio Olimpiadasidan olti oy oldin milliy terma jamoa tarkibida voleybol öynaşni boşlagan va televizion dasturlardan biri unga e’tibor qaratgan. Ma’lum bölişiça, Mehrzodga yoşligida akromegaliya — ösiş garomlarining ortib ketişi taşxisi qöyilgan. Ösmirlik vaqtida u velosipedda avariyaga uçrab, tos suyagini sindirib olgan, şuningdek, öng oyoği ham ösişdan töxtab qolgan.

Parij öyinlari boşlanişidan oldin Mehrzod ötirgan holda öynaladigan voleybolning öz hayotiga ta’siri haqida gapirib, sport uning «çeklovlarini imkoniyatlarga aylantirganini» ta’kidladi.
«Ötirgan holda voleybol öynaş menga juda qöl keldi. Qaçonlardir juda yomon deya hisoblagan jismoniy kuçim bu öyinda menga yordam berdi va undan foyda olişni boşladim», — deydi sportçi.
Murtoza Mehrzod Paralimpiya öyinlaridagi ikkita oltindan taşqari, 2019, 2022 va 2022 yillarda voleybol böyiça eng yaxşi öyinçi sifatida ham tan olingan.
Mehrzod Eronning voleybol böyiça muvaffaqiyatida muhim rol öynagan bölsada, mamlakat uzoq yillardan beri uşbu sport turida tengsiz hisoblanadi. 1988 yildan beri ötkazilgan töqqizta Paralimpiya öyinlarida Eron ötirgan holda öynaladigan voleybol böyiça 7 ta oltin medal olgan.
«Eng katta muammoimiz Eron xalqi bizdan çempionlik kutayotgani, bu esa sportçilar va murabbiylarga ulkan mas’uliyat yuklaydi», — deydi Eron terma jamoasining boş murabbiyi.












