Toşkent şahrida voleybol böyiça 19 yoşgaça bölgan yigitlar örtasida FIVB jahon çempionati start oldi. 24 iyul kuni «Yunusobod» sport majmuasida Özbekistonda ilk bor ötkazilayotgan uşbu musobaqaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Xalqaro voleybol federatsiyasi, Özbekiston Içki işlar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi va mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati iştirok etdi.
Musobaqada 24 ta jamoa 4 ta guruhga ajratilgan. 1-4 örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga yöl oladi.
Özbekiston ösmirlar jamoasi 1-turda Turkiya bilan kuç sinaşib, 3:0 (25–22, 25–19, 25–17) hisobida ğalaba qozondi. Navbatdagi öyin 25 iyulda Pokistonga qarşi ötkaziladi. Guruhda Argentina, Puerto-Riko va Belgiya ham bor.

















