AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama Fransiya Polineziyasidagi Tetiroa oroliga yöl oldi. Sobiq davlat rahbari u yerda özining prezidentligi töğrisida memuarlar yozişni boşlaşni möljallagan. Bu haqda The Washington Post öz manbalariga asosan xabar berdi.
Gazeta sobiq prezident xotira kitobiga oid tafsilotlarni keltirmadi. Avvalroq Penguin Random House naşriyoti er-xotin Obamalarning xotira kitoblarini çop etişga bölgan huquqni qölga kiritgani xabar qilingandi.
Naşrning ta'kidlaşiça, Obama prezidentlik davri tugaganidan söng oilasi bilan köp sayohat qilmoqda. U şu paytga qadar Karib orollari hamda Havayida ham hordiq çiqarib qaytgandi.












