Iroqda jang qilayotgan terrorçilar tölaqonli kimyoviy qurolga egamaslar, ularda faqatgina uning birlamçi komponentlari mavjud, biroq ular ham xavflidir, deb aytdi Iroq prezidenti Fuad Masum RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida.
"Hozirça bu kimyoviy moddalar haqidagi ma'lumotlar ular oddiy ekanligi, kimyoviy qurolga ega davlatlarniki kabi kuçli emasligini körsatmoqda. Biroq ular qöllanmoqda va öz ta'siriga ega, ayniqsa ruhiy ta'sirga. Biroq bu Iroqda, misol uçun Xalabjada (1988 yil) 5 daqiqa içida taxminan 5 ming kişi halok bölganda işlatilgan kimyoviy quroldek kuçli emas", deb aytdi Masum.
Uning aytişiça, terrorçilar kimyoviy qurollarning "birlamçi komponentlariga" ega. "Bu komponentlar unça ilğor emas, biroq xavfli", deb aytgan Masum. Masum Bağdod Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkiloti terrorçilarda bu komponentlarning borligini ular bu moddalarni qayerdan olganlarini biliş maqsadida tergov qilişini talab qilmoqda.
"Bu moddalar ularga qanday tuşib qolgani noma'lum. Buni tergov qiliş ma'lum vaqt oladi", deb aytdi Masum.












