Peru prezidenti Pedro Pablo Kuçinski qişloq xöjalik vazir örinbosari Eufrosina Santa-Mariya Rubioning lavozimidan çetlatilişi haqida ma'lum qildi. La Republica mahalliy gazetasida ta'kidlanişiça, iste'foga doir qaror amaldorning xatti-harakatidan norozi jamoatçilik fikri asosida qabul qilingan. Ma'lumotlarga köra, u öz iş vaqtining muayyan qismini suziş havzasida toblanib yoki velosiped uçib ötkazgan.
"Ha, u işdan çetlatildi. Hukumatning tarkibiga kirgan odam işlaş uçun keladi", - deydi Kuçinçki.
Gap şundaki, mahalliy OAVda iş vaqtining örtasida suziş havzasida toblanayotgan yoki velosipedda sayr qilayotgan Eufrosina Santa-Mariya Rubioning suratlari çop etilgan. Bu suratlar sönggi haftalarda suv toşqinlari va köçkilar önlab kişilarni hayotdan olib ketgan va infrotuzilmaga köp milliardli ziyon yetkazgan Peruda norozilik kayfiyatini uyğotdi. Öz navbatida, Santa-Mariya tuşlik vaqtida biroz dam oliş uçun suziş havzasiga borganini aytgan. "Men haqiqiy stressni boşimdan ötkazyapman, böş vaqtim umuman yöq, ba'zida kabinetimning özidayoq közim uyquga ketadi", - deya ta'kidlagan u.
Peru qişloq xöjalik vazirligida amaldor milliy kölamdagi favqulodda holat vaqtida yöl qöyilgan "etikaning buzilişi tufayli" işdan çetlatilgani aytilgan. Idorada Santa-Mariyaga qarşi jinoiy iş oçilişi ham mumkinligi qayd etilgan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, ötgan yilning dekabridan buyon Peruda davom etib kelayotgan kuçli yomğirlar, suv toşqinlari va köçkilar natijasida halok bölganlar soni 94 nafarga yetgan.
Bundan taşqari, tabiiy ofatlar natijdasida 347 kişi turli jarohatlar olgan, yana 20 nafari esa izsiz yöqolgan. Suv toşqinlari va köçkilar 14 mingdan ziyod turar-joyni vayron qilgan, yana 165 mingtasiga esa ziyon yetgan.
Mutaxassislarning fikriga köra, sönggi ön yillikdagi eng kuçli yomğirlar El-Nino iqlim fenomeni natijasida yuzaga kelgan.











