13-oktabr kuni Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining toğli hududlarida kuzatilgan sel oqibatida bir kişi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat FVB.
Maʼlum qilinişiça, soat 17:30 atrofida kuzatilgan qisqa muddatli kuçli yomğir sababli tumanning Qönğirot mahallasi Şakarbuloq qişloği hududidan sel oqib ötgan.
Yöldan adaşgan Damas avtomobili haydovçisi va uning hamrohi yönalişni aniqlaş maqsadida sel suvlari ötadigan hududda töxtagan. Şu vaqtda avtomobil sirpanib, sel yölining çuqurroq qismiga tuşib ketgan.
Şundan söng haydovçi maşinadan tuşib, aloqaga çiqişga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan. Biroq kuçli sel oqimi Damas va uning içida bölgan yölovçini oqizib ketgan.
Olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari davomida yölovçining jasadi topilgan. Hodisa joyiga masʼullar jalb etilgan.
Özgidromet 13−14-oktabr kunlari qator viloyatlarning toğli hududlarida sel-suv toşqini yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirgandi.












