Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes «salomatligidagi jiddiy muammolar tufayli» öz xohişiga köra futzal böyiça Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda Özbekiston futzal federatsiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Mendes avgust oyi oxiridan buyon yurak yetişmovçiligi sababli tibbiy körikdan ötayotgandi. Mutaxassis dastlab Toşkentda tekşirilgan, söng çuqurlaştirilgan köriklardan ötiş uçun Madridga yuborilgan.
Ispaniyalik şifokorlar murabbiyga muayyan vaqtga professional faoliyatini töxtatib turişni va jiddiy davolaniş kursini ötaşni tavsiya qilişgan.
Şu munosabat bilan Mendes federatsiya rahbariyatiga isteʼfoga çiqiş iltimosi bilan murojaat qilgan. Murojaatni körib çiqib va uning salomatligi holatini hisobga olgan holda, rahbariyat iltimosni qanoatlantirdi.
«Hatto uzoqda bölsam ham, milliy terma jamoaning keyingi faoliyatini kuzatib boraman va unga muxlislik qilaman. Jahon çempionatiga yöllanmani albatta qölga kiritişingizga işonaman. Agar zarurat tuğilsa, bölajak murabbiylar ştabiga yordam berişga va maslahatlar berişga hamişa tayyor ekanimni maʼlum qilmoqçiman», – deb yozdi Mendes federatsiya rahbariyatiga yöllagan xayrlaşuv xatida.
Federatsiya mutaxassisga davolaniş jarayonini muvaffaqiyatli ötkaziş, tezroq tuzalib ketiş va salomatligini töliq tiklaşni tiladi.
Hozirça jamoaga yangi boş murabbiy tayinlaş böyiça qaror qabul qilinmagan.












