Amerikalik olimlar guruhi boşidan pastki qismi şol bölgan kişiga fikr kuçi bilan harakatlaniş imkonini berib, unga qöl nazoratini qaytarişdi. Mutaxassislar bu haqida The Lancet jurnaliga ma'lumot berişdi.
Tajriba ostidagi 56 yoşli Bill Koçevar baxtsiz hodisa sabab oyoq va qöl şolidan aziyat çekkan. Tadqiqotçilar Koçevarning boş miya motor qobiği sohasiga har biri kiçik tabletka hajmida bölgan ikki 96 kanalli elektron massivni örnatişdi. Ular Koçevar qölini harakatga keltirayotganini tasavvur qilgan paytda miya signallarini yozib oladi va bu signallarni kompyuter interfeysiga yetkazadi. Interfeys ularni dekodlaydi va erkakning qöl va yelkasi orasiga örnatilgan stimulyatsiya tizimini faollaştiradi.
Koçevar implantatsiya oldidan uzoq maşq qilişiga töğri keldi - uning şol kasaliga yöliqqaniga 8 yil bölgan va bu vaqt içida muşaklar atrofiyasi qayd etilgan. Harakatlar sekinligiga qaramay, Koçevar implantantlar yordamida buning uddasidan çiqmoqda, masalan çoy içiş yoki ovqat yeyiş.












