Kiyev şahrida Özbekiston-Ukraina işçi uçraşuvi bölib ötdi. Unda har ikki mamlakatning tekstil, kimyo, elektr texnikasi va quriliş sohalaridagi 50dan oşiq korxona vakillari iştirok etdi, deb xabar bermoqda «Jahon» axborot agentligi.

Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi, «Özbekengilsanoat» AJning Ukraina yengil sanoat korxonalari assotsiatsiyasi kömagida taşkil etilgan tadbir sarmoyaviy va savdo oqimlarini köpaytirişga qaratilgan.

«Özbekengilsanoat» va «Ukrlegprom» örtasidagi muzokaralar yakuni böyiça hamkorlik töğrisida Memorandum imzolandi. Ötkazilgan ikki tomonlama uçraşuvlar yakunida esa Ukrainaga avtotransport vositalari, tekstil, elektrotexnika, quriliş va tamaki mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça 47,4 million AQŞ dollarlik tijorat şartnomalari imzolandi. Özbekistonga «Özpaxtasanoat» AJ tuzilmasi uçun «Dnepropress» texnologiya qurilmasini yetkazib berişga doir 2 million dollarlik kelişuvga erişildi.

«Ukrlegprom» faxriy raisi Valentina Izovitning fikriça, Özbekistonning yengil sanoatni rivojlantiriş strategiyasi soha rivojiga katta turtki berdi.

Şu bilan birga, «Özkimyosanot» AJ va GFT Ltd kompaniyasi örtasida Özbekiston hududida suyuq öğit va biopreparatlar işlab çiqişni taşkil etiş böyiça Memorandum imzolandi.

Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi tarkibidagi «Quva Agroinvest» (Farğona viloyati) vakillari Lvov şahridagi T.B.Fruit hamda «Golden Frut» korxonalari işlab çiqariş maydonlariga taşrif buyurişdi. U yerda meva hamda sabzavotlarni qayta işlaş yöli orqali olingan şarbat konsentratlarini işlab çiqarişga oid hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Şuningdek «Özagroeksport» AJ va «BTS-import» örtasida Kiyevda qöşma savdo uyini ta'sis etiş töğrisidagi kelişuvga erişildi.